Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Хорижлик ишчиларнинг ишга ёлланиши ва меҳнат фаолияти

Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik┃1. Viza turiga qarab bandlik faoliyati va cheklovlar www.easylaw.go.kr



Savol. Koreyada chet el fuqarosining ish faoliyatiga imkon beruvchi viza turi qanaqa?



Qisqa muddatli bandlik(C-4), Professor(E-1), Chet tili oʻqituvchisi (E-2),  Tadqiqotchi (E-3), Texnologik mutaxassis (E-4), Maxsus kasb (E-5), Madaniyat va san’at (E-6), Mutaxassislik (E-7), Mavsumiy ishchi (E-8), Nomutaxassis ish (E-9), Kema ekipaji(E-10),  Turizm va ish (H-1), Tashrif va ish (H-2), Rezidentlik (F-2), Xorijdagi vatandosh (F-4), Doimiy yashash (F-5), Nikoh (F-6) kabilar mavjud. 「Immigratsiya haqidagi qonun ijrosi boʻyicha qaror」  23-modda, 1 va 1.2 ilova



Savol: Men ishlashga ruxsat beruvchi yashash maqomi (viza)ga ega boʻlsam, qaysi sohadan qat’iy nazar ishga kira olamanmi?



Yoʻq. Har bir viza turi ma’lum bir sohada ishlashga imkon beradi. Siz viza maqomingiz doirasidagina ishlash imkoniyatiga egasiz.  「Immigratsiya haqidagi qonun ijrosi boʻyicha qaror」  23-modda



Masalan, xorijdagi vatandosh (F-4) vizasidagi chet el fuqarosi qila olmaydigan faoliyat turlari quyidagicha:  Oddiy mehnat   Ijtimoiy ahloq va tartiblarga zid keluvchi faoliyat (lotereya bilan bogʻliq amaliyotlar, spekulyativ amaliyotlar, koʻngilochar bar, mehmonxona, karaoke sohalari kabilar) Undan tashqari jamoat manfaati va bandlik tartibini saqlash uchun ishga qabul qilishda cheklov kiritilgan holatlarda 「Immigratsiya haqidagi qonun ijrosi boʻyicha qaror」23-modda 3-band  「 Immigratsiya haqidagi qonunini amalga oshirish boʻyicha qoidalar」27-2-modda 2-band



Savol: Agar ishga ruxsati bor viza olmagan bor chet el fuqarosi ishga kirsa nima boʻladi?   3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish  yoki  30 million vongacha jarima  qoʻllaniladi. ※ Bunday xorijlikni yollagan yoki ishga tavsiya qilgan shaxs ham 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki 30 million vondan koʻp boʻlmagan jarima bilan jazolanadi. 「Immigratsiya haqidagi qonun」 94-modda, 8-, 9-,10-bandlar



      Yanada batafsil ma’lumot zarurmi?        Topish qulay boʻlgan kundalik huquqiy ma’lumot,        「Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik」 boʻlimidan        topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보