Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Виза, Паспорт

Viza, Pasport Viza  turini o‘zgartirish www.easylaw.go.kr



Savol Talaba (D-2) vizasi bilan Koreyada istiqomat qilib turib Koreya fuqarosi bilan turmush qurdim.   Nikoh vizasi(F-6)ga o‘zgartirmoqchi edim, qanday qilsam bo‘ladi?



Javob Koreyada istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi berilgan viza turidan boshqa viza turiga o‘tish uchun   viza muddati tugashidan avval vizani o‘zgartirish uchun ruxsat olish kerak bo‘ladi .



1. Ariza bera oladiganlar Viza turini o‘zgartirish uchun arizani arizachining shaxsan o‘zi topshirishi kerak.  Agar arizachi 17 yoshdan kichik bo‘lib o‘zi ariza yozmasa, uning o‘rniga ota-onasi, boquvchisi, aka-ukasi, kafillikka olgan shaxs va boshqa birga yashovchi shaxs viza turini o‘zgartirish uchun ariza yozib topshirishi kerak bo‘ladi.



2.Hujjat topshirish Viza turini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi  viza muddati tugashidan avval tegishli immigratsiya bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak bo‘ladi: Viza turini o‘zgartirish haqidagi ariza Viza turiga qarab kerakli hujjatlar



3. Tashrif vaqtini bron qilish Viza turini o‘zgartirish uchun bormoqchi bo‘lgan immigratsiya bo‘linmalariga tashrif vaqtini oldindan onlayn bron qilish kerak. Homilador, nogiron va qonunda belgilangan xorij fuqarolari oldindan bron qilmasdan kelishi mumkin. ※ Elektron murojaat portal orqali viza muddatini uzaytirish: HiKorea veb-sayti (www.hikorea.go.kr)- murojaat arizasi- elektron murojaat arizasi bo‘limida amalga oshirish mumkin. Ayrim viza turlarida cheklovlar bo‘lishi mumkin.



Viza turini o‘zgartirish bo‘yicha batafsil ma’lumot HiKorea veb-sayti (www.hikorea.go.kr)- Immigratsiya/mamlakatda qolish bo‘yicha ma’lumot / Mamlakatda yashash – Viza turini o‘zgartirish Xorijliklar va immigratsiya bo‘yicha yagona koll-markaz (☎1345)



Batafsil huquqiy ma’lumot zarurmi? Topish qulay boʻlgan Kundalik huquqiy ma’lumot, 『VIZA - PASPORT』boʻlimidan  topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보