Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Виза, Паспорт

Viza, Pasport Viza  olish www.easylaw.go.kr



Savol Xorijlik doʻstim Koreyaga tashrif buyurib uzoq muddat qolmoqchi.   Xorijliklar mamlakatga kirishda viza olishi kerak ekan, xoʻsh, viza olish uchun nima qilish kerak?



Javob Xorijliklar viza olish uchun oʻz davlatlarida joylashgan Koreya Respublikasining xorijdagi vakolatxonalariga viza boʻyicha murojaat qilishlari kerak boʻladi. ※ Koreya Respublikasining xorijdagi vakolatxonasi bu:  Xorijda joylashgan Koreya Respublikasining elchixonasi, diplomatik korpusi, vakolatxonasi, general konsullik va konsulligini oʻz ichiga oladi.



1. Hujjat topshirish Koreya Respublikasi vizasini qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan xorijliklar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim boʻladi: Pasport Viza olish uchun ariza (anketa) Safar maqsadiga muvofiq boʻlgan boshqa kerakli hujjatlar



2. Viza tekshiruvi Vizaga ariza bergan xorijliklar quyidagi shartlarga mos kelishi tekshiriladi: Pasport yaroqliligi Mamlakatga kirishga taqiq yoki rad etishga sabab mavjudligi Qonunda belgilangan viza turi va uning shartlariga mos kelishi Mamlakatga kirish maqsadi viza turiga mos kelishi Viza turiga qarab ruxsat etilgan muddat ichida oʻz vataniga qaytib ketishiga ishonch hosil qilish Undan tashqari har bir viza turi boʻyicha alohida belgilangan mezonlarga javob berishi



3. Vizani tasdiqlash Viza tasdiqlanganda, vizada uning turi va muddati kabi ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, viza pasportga yopishtirilib arizachiga taqdim etiladi.



Viza haqida batafsil ma’lumot Tegishli vakolatxona veb-sayti  HiKorea veb-sayti (www.hikorea.go.kr)- Immigratsiya/mamlakatda qolish boʻyicha ma’lumot-taklif qilish / viza turiga qarab tasdiqlash/berish qoʻllanmasi Xorijliklar va immigratsiya boʻyicha yagona koll-markaz (☎1345)



Batafsil huquqiy ma’lumot zarurmi? Topish qulay boʻlgan Kundalik huquqiy ma’lumot, 『VIZA - PASPORT』boʻlimidan  topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보